Amerika Qoʻshma Shtatlari
Shimoliy Amerikadagi davlat / From Wikipedia, the free encyclopedia
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America, USA), Qoʻshma Shtatlar (inglizcha: United States) yoki shunchaki Amerika (inglizcha: America) Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQShga qarashli. Maydoni — jami 9 833 520 km2. Aholisi 341 million kishi (2024) dan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari | |
---|---|
Shior: „In God We Trust“ („Xudoga ishonamiz “) | |
Madhiya: The Star-Spangled Banner | |
Poytaxt |
Vashington 38°53′N 77°01′W |
Eng katta shahar |
New York 40°43′N 74°00′W |
Rasmiy til(lar) | ingliz tili |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Joe Biden | |
Kamala Harris | |
Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Kongress |
• Yuqori palata |
Senat |
• Quyi palata |
Vakillar palatasi |
Mustaqillik (Buyuk Britaniyadan) | |
• Sana |
4-iyul 1776-yil |
Maydon | |
• Butun |
9 833 520[2] km2 (3/4-oʻrin) |
• Suv (%) |
4.66[3] |
Aholi | |
• 2020-yilgi roʻyxat |
331 449 281[4] (3-oʻrin) |
• Zichlik | 33.6/km2 |
YIM (XQT) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
$24.8 trillion[5] (2-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$74 725[5] (5-oʻrin) |
YIM (nominal) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
$24.8 trillion[5] (1-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$74 725[5] (5-oʻrin) |
Pul birligi | AQSh dollari ($) (USD) |
Vaqt mintaqasi | UTC−4 dan −12, +10, +11 gacha |
UTC−4 dan −10 gacha | |
Qisqartma |
|
Telefon prefiksi | +1 |
Internet domeni |
.us .mil .gov .edu |